09:26 / 07.02.2020
3
49228

Koronavirusdan bir kun ichida 73 kishi vafot etdi

Xitoyda koronavirusdan bir kun ichida 73 kishi vafot etdi, 3,1 mingdan ko‘proq yangi kasallanish holati qayd etildi. 

Foto: EPA-EFE/YFC CHINA OUT

Virusdan vafot etganlarning umumiy soni 636 nafarga yetdi. Undan 31161 ta kasallanish holati qayd qilingan, 4281 kishi og‘ir ahvolda qolmoqda, 1540 kishi sog‘ayib ketgan. 

Xitoyning maxsus ma'muriy hududlari hisoblangan Hongkongda koronavirusdan 24 ta, Makaoda 10 ta va Tayvanda 16 ta kasallanish holati qayd etilgan.

South China Morning Post nashrining xabar berishicha, Pekinda va Osiyoning boshqa davlatlarida 158 kishi, Yevropada 28 kishi, Shimoliy Amerikada 16 kishi, Avstraliyada 14 kishi va dunyoning boshqa hududlarida 7 kishi koronavirusga chalingan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top