16:52 / 07.02.2020
21
30106

Namanganda shifokor kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida yuz bergan janjal videosi tarqaldi. Unda 25-30 yosh atrofidagi yigit katta yoshli shifokorni kaltaklayotgani aks etgan.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining xabariga ko‘ra, videodagi mazkur hodisa 6 fevral kuni soat 10:30larda sodir bo‘lgan.

«22 yoshli A.K Chust tumanida joylashgan 46-sonli oilaviy poliklinikada bo‘la turib, jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, poliklinikada bo‘lim mudiri lavozimida ishlovchi 59 yoshli X.L. bilan o‘zaro gap talashib, uning yuziga qo‘li bilan urib, yuz va burun qismiga tan jarohati yetkazgan», deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top