00:06 / 07.02.2020
2
23639
Putin bilan muloqot qiluvchilarning tana harorati o‘lchanishi boshlandi

6 fevralda Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi tadbirlar ishtirokchilarining tekshiruvdan o‘tkazilishi qoidalari qat'iylashtirildi. Ta'kidlanishicha, bu koronavirus tarqalishi bilan bog‘langan.

Bu haqda Facebook’da “Dojd” telekanali jurnalisti Anton Jyelnov ma'lum qildi, deb xabar berdi Mezon nashri.

“Va epidemiya haqida. Kremlda endi yangi nazorat tartibi paydo bo‘ldi – qo‘lida teplovizor bo‘lgan odam haroratingizni o‘lchaydi”, deb yozgan jurnalist. 

Tekshiruv jarayoniga o‘zgartirish kiritilganini “Vedomosti” nashri muxbiri, davlat kengashi prezidiumi va fan bo‘yicha prezident kengashining 6 fevraldagi yig‘ilishida ishtirok etuvchi Svetlana Bocharova tasdiqlagan.  

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremldagi qo‘shimcha choralar yangi koronavirus bilan bog‘langani va ommaviy tadbirlarning barcha ishtirokchilari uning alomatlariga tekshirilishini tasdiqlagan.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top