11:25 / 07.02.2020
0
4281
Samarqandda fuqaroni 95 000 000 so‘mga «uxlatgan» shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyatida transformator olib kelib berishni va'da qilib 95 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Illyustrativ foto

2019 yil 12 dekabr kuni 49 yoshli fuqaro A.S. Samarqand shahridagi MChJ shaklidagi qo‘shma korxona rahbari bo‘lmish 52 yoshli A.T.ga o‘zini transformator o‘rnatish bilan shug‘ullanishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u korxonaning yangi qurilgan binosiga 630 kVt elektr tokini yetkazib beruvchi transformator qutisini olib kelib, yangi transformator 95.000.000 so‘m turishini va Toshkent shahridagi  zavoddan olib kelib berishini va'da qilib, A.T.ning ishonchiga kirib, undan 95.000.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan A.T.ning 03.02.2020 yildagi arizasiga asosan Jomboy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top