12:04 / 08.02.2020
0
19147

9 fevral kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechga yaqin biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-7 daraja, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba'zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba'zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja, ba'zi joylarda 20 daraja iliqqacha bo‘ladi. 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba'zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 12-17 daraja, ba'zi joylarda 20 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba'zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top