17:28 / 08.02.2020
1
15282
Prokuratura tizimidagi 180 nafarga yaqin rahbar va xodimlar lavozimidan ozod etilgan yoki intizomiy javobgarlikka tortilgan 

Tizimdagi aksariyat rahbarlar ishni rejalashtirishni bilmasligi oqibatida yillar davomida professional faoliyat qolib ketib, vaqti va kuchini behuda sarflashga odatlanib qolgan. Shunday kayfiyatda yurgan 180 nafarga yaqin rahbar va xodimlar lavozimidan ozod etilgan yoki boshqa intizomiy javobgarlikka tortilgan

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuraturada prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirokida kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Hay'at majlisida O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma'ruza qildi.

Ma'ruzada asosiy e'tibor prokuratura organlarining 2019 yildagi faoliyatida qo‘yilgan kamchiliklar, xato va nuqsonlar hamda ularni tezkor ravishda bartaraf etish choralariga qaratildi.

Tizimdagi aksariyat rahbarlar ishni rejalashtirishni bilmasligi oqibatida yillar davomida professional faoliyat qolib ketib, vaqti va kuchini behuda sarflashga odatlanib qolgani ta'kidlandi. Ana shunday kayfiyatda yurgan 180 nafarga yaqin rahbar va xodimlar lavozimidan ozod etilgan yoki boshqa intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Prokurorlar aholining ijtimoiy himoyasidagi mavjud muammolarni amalda bartaraf etish, ayniqsa, budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini kuchaytirishlari talab etildi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb muammolar, xususan onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tarqalishi masalalari doimiy e'tibor markazida bo‘lishi shartligi uqtirildi.

«Dori vositalari harakatini nazorat qilish, kontrafakt mahsulotlar aylanishiga chek qo‘yish borasida ham Bosh prokuratura huzuridagi Departamentdan alohida tashabbuskorlik va qat'iyat talab etiladi. 

O‘z navbatida, shifokorlarning jamiyatdagi o‘rni va maqomini mustahkamlash, xalqimiz o‘rtasida ularga nisbatan hurmatni oshirish ishlariga prokuratura organlari ham munosib hissa qo‘shishlari zarur.

Tibbiyot xodimlarini haqoratlash, ularga tan jarohati yetkazish kabi holatlarga nisbatan tezkorlik bilan qat'iy munosabat bildirib, ularning oldini olish choralarini ko‘rish ustuvor vazifalardandir», - deyiladi mahkama ma'lumotida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top