13:23 / 08.02.2020
0
11965
Qo‘qondagi YTH yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi

Qo‘qonda Spark va Nexia o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Natijada yong‘in kelib chiqqan

Foto: Tergov departamenti

Internetda Qo‘qon shahrida yuz bergan YTH tasvirlangan videolavhalar tarqaldi.  O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rasmiy ma'lumot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 7 fevral kuni soat 21:00larda haydovchi, 24 yoshli A.R. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasida Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasidan G‘ishtko‘prik ko‘chasi yo‘nalishi tomon harakatlanib chorrahaga kelganida, o‘ziga nisbatan yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib kelayotgan 37 yoshli A.X.ning boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan. 

Natijada, Spark avtomashinasining motor qismi Nexia avtomashinasining old qismiga urilishi oqibatida qisqa tutashuv hosil bo‘lgan hamda yong‘in kelib chiqqan. Haydovchilar hech qanday tan jarohati olmagan hamda shifoxonaga murojaat qilmagan.

Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top