18:14 / 08.02.2020
0
17525
Qozog‘istonda tartibsizliklardan so‘ng 130ga yaqin kishi shifoxonaga murojaat qildi

30dan ortiq uy-joy, 15ta savdo obekti hamda 23 dona avtomashinaga o‘t qo‘yilishi natijasida zarar yetgan. 

Foto: REUTERS/Tengrinews/Shokan Alkhabayev

Qozog‘istonning Jambil viloyati , Korday tumanida sodir bo‘lgan tartibsizliklardan so‘ng 130ga yaqin kishi shifoxonaga murojaat qildi, deb xabar berdi mamlakat hukumati matbuot xizmati.

Avvalroq Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Yerlan Turg‘umboyev Korday tumani, Masanchi qishlog‘ida mahalliy aholi o‘rtasida kelib chiqqan mojaro oqibatida 8 kishi halok bo‘lgani, 40dan ortiq fuqaro jarohatlangani haqida ma'lum qilgandi.

30dan ortiq uy-joy, 15ta savdo obekti hamda 23 dona avtomashinaga o‘t qo‘yilishi natijasida zarar yetgan. 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Korday tumanidagi vaziyat munosabati bilan bosh vazir o‘rinbosari Berdibek Saparbayev boshchiligida hukumat komissiyasini tuzish to‘g‘risida topshiriq berdi.

Xabar qilinishicha, tartibsizliklardan so‘ng 127 kishi shifoxonalarga murojaat qilgan, ulardan 84 nafariga tibbiy ko‘rikdan so‘ng uylariga javob berilgan.

Eslatib o‘tamiz, mojaro qozoqlar va dunganlar o‘rtasida kelib chiqqan. Barchasiga mahalliy dunganlarning qozoq erkakni kaltaklashi sabab bo‘lgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top