11:01 / 08.02.2020
0
21721

Sayyora Baratova yangi lavozimga tayinlandi 

Sayyora Baratova Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi rahbari etib tayinlandi 

Foto: KUN.UZ

Sobiq senator Sayyora Baratova 2020 yil 6 fevraldan Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Sayyora Baratova 1960 yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Mutaxassisligi bo‘yicha pediatr–shifokor. Yuqori Chirchiq tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh shifokori, Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.

S.Baratova 2011 yilda "Shuhrat" medali, 2018 yilda "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Joriy yilning 16-17 yanvar kunlari Saylov kodeksining 78-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat a'zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlislari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan majlislar natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyatidan Oliy Majlis Senati a'zoligiga Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Qutbiddin Burxonov, Tadbirkor ayollar uyushmasi Toshkent viloyat bo‘limi rahbari Malika Qodirxonova, Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Mahmud Toirov, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati bosh direktori Abdulla Xursanov saylandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top