21:56 / 08.02.2020
0
8184

Shanhayda jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlandi

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 722 kishi yangi koronavirus qurboniga aylangan, 34,5 mingdan ortiq kishi ushbu virusni yuqtirib olgan.

Foto: Reuters

Shanhay hukumati koronavirus tarqalishi sababli jamoat joylarida niqobsiz yurishni taqiqladi.

«Aeroport, temir yo‘l vokzali, shaharlararo avtovokzal, relsli transport bekatiga kelgan hamda sog‘liqni saqlash muassasalari, savdo markazlari, supermarketlar va shahardagi boshqa jamoat joylarida bo‘lgan shaxslar niqob taqishi shart va harorati o‘lchanishiga qarshilik ko‘rsatmasligi kerak. Hamkorlik qilishni rad etgan va jamoat tartibini buzganlarga huquqni muhofaza qilish organlari keskin chora ko‘radi», - deb xabar berildi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 722 kishi yangi koronavirus qurboniga aylangan, 34,5 mingdan ortiq kishi ushbu virusni yuqtirib olgan.

Xitoyning materik qismidan tashqarida ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan: Hongkong va Filippinda bittadan o‘lim holati qayd etildi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top