10:00 / 08.02.2020
0
11367
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Akmal Umaraliyev Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Akmal Umaraliyev

A. Umaraliyev 1974 yilda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini magistratura bosqichini tamomlagan. 

Akmal Umaraliyev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining a'zosi sifatida faoliyat olib borgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top