13:48 / 08.02.2020
3
67893
Uxanda dastlabki xorijiy fuqarolar koronavirusdan vafot etdi

O‘z fuqarolarining o‘limini AQSh va Yaponiya elchixonalari tasdiqladi. Yangi virusning qurbonlari soni 700 kishidan oshdi

Foto: Xiao Yijiu/Xinhua via AP

Koronavirusning tarqalish o‘chog‘i bo‘lgan Uxanda xorijiy fuqarolar orasida dastlabki qurbonlar qayd etildi. Reuters agentligining AQShning Pekindagi elchixonasiga tayanib xabar qilishicha, shaharda amerikalik fuqaro vafot etdi.

New York Times ma'lumotlariga ko‘ra, gap 60 yoshli ayol haqida bormoqda, unda kasallikni yuqtirib olishdan avval salomatligi bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan. Uning qachon kasalxonaga yotqizilgani haqida ma'lumot yo‘q.

AQShning o‘zida 12 kishi kasallangan deb hisoblanmoqda. Qo‘shma Shtatlarda o‘lim bilan tugagan holatlar kuzatilmadi.

O‘z navbatida, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu mamlakat fuqarosi ham Uxandagi kasalxonada vafot etgan. U koronavirusga gumonlanib kasalxonaga yotqizilgan va pnevmoniyadan (zotiljam) vafot etgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 724 kishi dekabr oyida Uxanda paydo bo‘lgan koronavirus qurboniga aylandi. Ularning aksariyati Xubey provinsiyasida vafot etdi.

Xitoyning materik qismidan tashqarida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi: Honkong va Filippinda bittadan o‘lim holati qayd etildi. 

Bundan oldin, qurbonlar soni bir kunda 88 kishiga ortgani xabar berilgandi.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top