12:34 / 09.02.2020
0
19125
OAV: AQSh va Afg‘oniston harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi

Afg‘oniston rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, besh yoki olti nafar AQSh askari hamda olti nafar afg‘onistonlik askar halok bo‘lgan.

Foto: Mustafa Andaleb / Reuters

Kobul sharqida qo‘shma operatsiya o‘tkazish chog‘ida AQSh va Afg‘oniston harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar berdi The New York Times gazetasi.

Gazeta manbalarining so‘zlariga ko‘ra, operatsiya Nangarhor viloyatida o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Tomonlar nima uchun bir-biriga qarshi o‘q uzgani ma'lum emas.  

Afg‘oniston rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, besh yoki olti nafar AQSh askari hamda olti nafar afg‘onistonlik askar halok bo‘lgan.

O‘zini tanishtirishni istamagan Amerika vakili jurnalistlarga AQSh olti nafar harbiy xizmatchisini yo‘qotganini ma'lum qilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top