17:40 / 09.02.2020
0
5013
Eronda kichik masofalarga mo‘ljallangan yangi raketa taqdim etildi

Eron dvigateli kompozit materiallardan ishlangan takomillashgan raketani taqdim etdi. Raketa 500 kilometrgacha masofani uchib o‘ta oladi.

«Ra'd-500» (Yashin-500) raketasi uning og‘irligini kamaytirishga va «Fotih-110» raketasiga nisbatan 200 km uzoqroqqa uchishga imkon beruvchi kompozit dvigatellarda harakatlanadi.

Ochiq manbadan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, «Fotih-110» raketasi 300 kmgacha ucha oladi. OAVning ma'lum qilishicha, ushbu raketalar oilasiga kiruvchi yangi avlod raketasi «Fotih-313» yanvar boshida AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga zarba berishda qo‘llangan bo‘lishi mumkin.  

Ayni vaqtda Eronda 1979 yildagi islom inqilobi bilan bog‘liq tantanalar bo‘lib o‘tmoqda. Ular 1 fevralda boshlanib, 10 kun davom etadi. Tantanalarning oxirgi kuni butun mamlakat bo‘ylab katta ko‘lamli yurishlar bo‘lib o‘tadi.

Ushbu 10 kunlik «Daha fajr» (Tongning 10 kuni) deb nomlanib, bu vaqtda Eronda odatda turli sohalardagi, jumladan harbiy-texnik va ilmiy yutuqlar namoyish etiladi. Joriy yilda islom inqilobi g‘alabasining 41 yilligi nishonlanmoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top