08:42 / 09.02.2020
0
44285
Koronavirus qurbonlari soni atipik zotiljamdan vafot etganlar sonidan oshib ketdi

Yangi turdagi koronavirus qurbonlari soni bir oydan sal ko‘proq vaqt ichida 2002-2003 yillarda avj olgan atipik zotiljam (SARS) epidemiyasi qurbonlari sonidan oshib ketdi.

Foto: REUTERS / China Daily

8 fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 89 nafarga ko‘payib, 811 nafarga yetdi. Virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida 81 kishi, Xenanda 2 kishi, Xebey, Xeylunszyan, Anxuey, Shandun, Xunan va Guansi-Chjuan provinsiyalarida bir kishidan vafot etgan.  

Kasallanganlar soni 37198 nafarga yetgan, 2649 kishi sog‘ayib ketgan.

Xitoydan tashqarida Hongkong va Filippinda bittadan o‘lim holati qayd qilingan.

Bir kun avval Xitoyda virus qurbonlari soni 722 nafarni, kasallanganlar 34,5 ming nafarni tashkil qilayotgani ma'lum qilingandi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2003 yil 31 dekabrga ko‘ra, SARS’dan o‘lim holatlari deyarli 30 davlatda qayd qilinib, qurbonlar soni 774 nafarni tashkil qilgan.   

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top