22:56 / 09.02.2020
0
12879
Xitoy koronavirusga qarshi kurashga 10 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ ajratdi 

Xitoy ayni vaqtga kelib yangi turdagi koronavirus tarqalishi oldini olish uchun 71,8 mlrd yuan (10,3 mlrd dollar) mablag‘ ajratdi. 

Foto: Reuters

Xitoy ayni vaqtga kelib yangi turdagi koronavirus tarqalishi oldini olish uchun 71,8 mlrd yuan (10,3 mlrd dollar) mablag‘ ajratdi. 

Bu haqda Xitoy moliya vazirligi ma'lum qildi.

“Yangi turdagi koronavirus keltirib chiqaruvchi zotiljam avj olishi boshidanoq biz o‘z zimmamizga moliyaviy majburiyatlarni oldik, epidemiyaga qarshi kurash uchun moliyalashtirishni ko‘paytirdik”, deb aytilgan xabarda. 

Ma'lum qilinishicha, 8 fevral holatiga ko‘ra, Xitoyning barcha darajadagi moliyaviy muassasalari koronavirusning oldini olishga 71,8 mlrd yuan ajratgan.

Bu qiymatdan markaziy hukumat 17,3 mlrd yuanini (2,5 mlrd dollar) ajratgan.

Ta'kidlanishicha, mablag‘lar fuqarolarning diagnostika o‘tkazishi va davolana olishlari uchun yo‘naltiriladi. “Vositalar, shuningdek, virusga qarshi har bir hududning sa'y-harakatlari moliyaviy cheklovlarga ega bo‘lmasligiga qaratiladi”, deyilgan xabarda.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top