13:21 / 10.02.2020
2
10820
Gullagan yoshlik so‘lib bormoqda. Oqqonga chalingan murg‘ak qalblar yordamga muhtoj

Qadimdan ma'lumki, ota-bobolarimiz qo‘llarini duoga tutganida birinchi navbatda sog‘lik va tinchlik tilaydi. Lekin, sog‘lik bo‘lmagan tanda tinchlik qanday bo‘lsin. Ota-ona uchun bolasining og‘ir dardga chalinishidan-da og‘irroq sinov bo‘lmasa kerak. Ayniqsa, o‘z bolang ko‘ksida og‘riq bilan senga qarab turganida.

Kun.uz jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olib, xayriya aksiyasini o‘tkazib kelayotganidan xabaringiz bor. Navbatdagi bemorlarimiz ham yaxshilar yordamiga muhtoj.

Birinchi bemorimiz Uraqbayev Aybergan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida 2014 yil 23 iyunda tug‘ilgan. 2019 yil apreldan buyon davolanmoqda. Uzoq joydan kelib, katta xarajat bilan yashashning o‘zi bo‘lmaydi. Onasining aytishcha, Aybergan yagona farzandi. Oilaning daromadi juda kam. Ona farzandini parvarishlab shifoxonada yotibdi, yolg‘iz otaning topgani ro‘zg‘ordan ortmaydi. Kelajakda harbiy bo‘lmoqchi bo‘lgan Aybergan sizning yordamingizga muhtoj.

Ayberganning zaruriy ma'lumotlari:

 Plastik karta raqami: 8600 0417 8772 3601

(Agrobank, otasi Kazaxbayev Timur nomida)

 Telefon raqami: +99890 590 07 26

Ikkinchi bemorimiz Shehnazarov Asadbek 2011 yil 25 dekabrda Xorazm viloyati Hazorasp tumani tug‘ilgan. Onasi Allamuratova Sabohatning aytishicha, 2015 yildan beri ijarama-ijara yashab davolanib kelmoqda. Oxirgi chorasi 50-60 ming dollarlik ilik ko‘chirish operatsiyasi. Xarajati bundan ham oshishi mumkin, lekin yaxshilar hali ko‘p va albatta ko‘mak berishlariga ishonadilar. "Mana 5 yildirki sotmagan narsamiz qolmadi, oxirgi ilinjimiz Alloh va siz yaxshilar", deydi Asadbekning onasi.

Asadbekning zaruriy ma'lumotlari:

 Plastik karta raqami: 8600 0424 6054 8018

(Agrobank, onasi Allamuratova Sabohat nomida)

Viza (Sberbank) 5336 6902 8983 4469

Telefon raqami: +99897 790 33 25

Navbatdagi bemorimiz Mashrabova Musharrafxon. 2018 yil 1 iyulda tug‘ilgan. Yashash manzili Farg‘ona shahridan. Onasi To‘xliyeva Oygulning aytishicha, endigana 1,5 yoshdan o‘tgan bemor bolajonimiz qariyb 4 oydan buyon leykoz kasalligining og‘ir turi bilan olishib yashamoqda. O‘tgan qisqa vaqt ichida ota-onaning jamiki topganlari sarflab tugatilgan, qarzdorlik esa oshib bormoqda. Oygul opaning aytishicha, Musharrafxonning dadasi dori-darmonga pul topish uchun Rossiyaga ketgan. Lekin hali pul topib jo‘natganicha yo‘q. Yaxshilardan yordam kerak.

Musharrafxonning zarur ma'lumotlari:

8600 3329 4273 2912

(Ipoteka bank, onasi To‘xliyeva Oygul nomida)

Viza (Sberbank) 4817 7601 8724 4235

Telefon raqami: +99891 105 73 43

So‘nggi bemorimiz Gulasal Abduqodirova. 2017 yil 23 sentyabrda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. Onasi Abdukarimova Gulnora bilan birga 2019 yil avgust oyidan buyon davolanib kelmoqda. Katta xarajatlar tufayli, oila jigarbandi davolanishi uchun qo‘ni-qo‘shni va yaqinlari-yu begonalardan ancha-muncha qarzdor ham bo‘lib qolgan. Otasi Adhamjonning aytishicha, uyida sotadigan narsa qolmagan. Undan oldin yaxshigina traktorchilik kasbi bor edi. Lekin, endi traktor ham yo‘q. Yaxshilardan yordam zarur.

Gulasalxonning zaruriy ma'lumotlari:

Plastik karta raqami: 8600 0417 6887 6766

(Agrobank, onasi Abdukarimov Gulnora nomida)

Telefon raqami: +99894 300 88 98

Azizlar! Navbatdagi bemorlarimiz sharoitini, holatini tushunasiz degan umiddamiz. Axir bu gulg‘unchalar bizning kelajagimiz emasmi? Yaxshilikkka shoshilib yashash kerak. Zero yaxshilik inson umriga umr, rizqiga rizq, hayotiga mazmun bag‘ishlaydi.

 Abror Zohidov, Bekjon Jo‘raqulov,
tasvirchi Abdsusalim Abduvohidov.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top