03:01 / 10.02.2020
0
8098
La Liga. «Barselona» «Betis» maydonida kambek qilib, g‘alabaga erishdi
Foto: Reuters

Ispaniya La Ligasining 23-turida «Barselona» safarda jamoa bosh murabbiyi Kike Setenning sobiq klubi «Betis» mehmoni bo‘lib, irodali g‘alabaga erishdi. Kanales va Fekirning gollariga kataloniyaliklardan de Yong, Buskets va Langle javob berdi. E'tiborlisi, Leo Messi jamoasining uchala goliga ham assistentlik qildi. 

G‘alabadan so‘ng «Barselona» ochkolarini 49taga yetkazib, peshqadam «Real»ni (52 ochko) quvishda davom etadi. «Betis» esa 28 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

La Liga, 23-tur

Betis – Barselona 2:3
9 fevral, «Benito Vilyamarin»
Gollar: Kanales (6, penalti), Fekir (26) – de Yong (9), Buskets (45+2), Langle (72).
Betis: Robles, Mandi, Bartra, Emerson, Moreno, Vilyam Karvalyu (Xoakin, 70), Kanales, Alenya, Rodriges (Telo, 86), Fekir, Iglesias (Moron, 62). 
Barselona: ter Stegen, Umtiti, Langle, Firpo (Alba, 57), Serji Roberto, Vidal (Artur, 57), Buskets, de Yong, Semedu, Grizmann (Rakitich, 89), Messi.
Ogohlantirishlar: Langle (5), Serji Roberto (29), Vidal (32), Emerson (36), Mandi (45), Buskets (57), Rodriges (72), Fekir (76).
Chetlatishlar: Fekir (76), Langle (79).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top