12:59 / 10.02.2020
1
7671
Navoiyda yuz bergan YTH oqibatida haydovchi va 1 yoshli chaqaloq vafot etdi

Navoiy viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia avtomashinasi haydovchisi va 1 yoshli chaqaloq vafot etdi

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 9 fevral kuni soat taxminan 01:50larda 24 yoshli R.N. Lacetti rusumli avtomashinasini Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 “Zarafshon-Navoiy” avtomobil yo‘li bo‘ylab boshqarib borib, mazkur yo‘lning 154-km.da belgilangan tezlikni oshirgan holda harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'lumotiga ko‘ra, u 23 yoshli N.J.ning boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, Nexia rusumli avtomashina haydovchisi N.J. voqea joyida va avtomashina yo‘lovchisi, 1 yoshli chaqaloq A.Sh. Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top