10:40 / 10.02.2020
1
43876

«Oskar-2020»ning barcha g‘oliblari: Koreyslar tarix yaratishdi, Bred Pittda yana bitta haykalcha

2020 yilgi taqdimotda eng yaxshi aktyor «Joker» filmidagi ijrosi uchun Xoakin Feniks bo‘ldi, eng yaxshi aktrisa esa «Judi» filmining bosh qahramoni Rene Zellveger.

AQShning Los-Anjyeles shahridagi «Dolbi» teatrida 92-«Oskar» mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu safargi taqdimotda tarixiy hodisa kuzatildi. Eng yaxshi xorijiy film bo‘lishga asosiy da'vogar bo‘lgan Janubiy Koreyaning «Parazitlar» filmi nafaqat ushbu yo‘nalishda, balki yilning eng yaxshi film nominatsiyasida ham g‘olib chiqdi. Shu tariqa, tarixda ilk bor ingliz tilida bo‘lmagan film bosh mukofotga loyiq ko‘rildi.

Bu film taqdimotda eng ko‘p mukofot oldi - eng yaxshi rejissyorlik ishi va eng original ssenariy nominatsiyalaridagi mukofotlarni ham ushbu film rejissyori Pon Jun-xo qabul qilib oldi.

Yilning eng yaxshi aktyori esa kutilganidek «Joker» filmi yulduzi Xoakin Feniks bo‘ldi. «Judi» filmidagi ijrosi uchun Rene Zellveger eng yaxshi aktrisa deb tan olindi.

Bundan tashqari, Lora Dyorn «Nikoh tarixi» filmidagi ijrosi uchun eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa sifatida «Oskar» oldi, Bred Pitt «Bir kuni... Hollivudda» filmidagi ishtiroki uchun Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor sifatida taqdirlandi.

Bu Pitt uchun aktyor sifatidagi ilk «Oskar» bo‘ldi, Pon Jun-xo, Dyorn va Feniks ham ilk marta ushbu mukofotga ega chiqishdi.

Statuetkani eng ko‘p qo‘lga kiritish bo‘yicha «Parazitlar»dan keyingi eng yaxshi natijani «1917» filmi qayd etdi — uch yo‘nalishda mukofot.

«Parazitlar» — Kannda ham, «Oskar»da ham bosh mukofotni qo‘lga kiritgan tarixdagi to‘rtinchi film bo‘ldi.

G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati:

Eng yaxshi film — «Parazitlar»

  • «Ford Ferrariga qarshi» (Ford v Ferrari);
  • «Irlandiyalik» (Irishman);
  • «Quyoncha Jojo» (Jojo Rabbit);
  • «Joker» (Joker);
  • «Kichik ayollar» (Little Women);
  • «Nikoh tarixi» (Marriage Story);
  • «1917»;
  • «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood).

Eng yaxshi rejissyor — Pon Jun-xo («Parazitlar»)

  • Martin Skorseze — «Irlandiyalik» (Irishman);
  • Todd Fillips — «Joker» (Joker);
  • Sem Mendes — «1917»;
  • Kventin Tarantino — «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood).

Eng yaxshi aktyor — Xoakin Feniks («Joker»)

  • Antonio Banderos — «Azob va sharaf» (Dolor y gloria);
  • Leonardo DiKaprio — «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood);
  • Adam Drayver — «Nikoh tarixi» (Marriage Story);
  • Jonatan Prays — «Ikki papa» (The Two Popes).

Eng yaxshi aktrisa — Rene Zellveger («Judi»)

  • Sintiya Erivo — «Hariyett» (Harriet);
  • Skarlet Yoxansson — «Nikoh tarixi» (Marriage Story);
  • Sirsha Ronan — «Kichik ayollar» (Little Women);
  • Sharliz Teron — «Mojaro» (Bombshell).

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa — Lora Dyorn («Nikoh tarixi»)

  • Keti Beyts — «Richard Juell ishi» (Richard Jewell);
  • Skarlett Yoxansson — «Quyoncha Jojo» (Jojo Rabbit);
  • Florens Pyu — «Kichik ayollar» (Little Women);
  • Margo Robbi — «Mojaro» (Bombshell).

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor — Bred Pitt («Bir kuni ... Hollivudda»)

  • Tom Henks — «Qo‘shnichilikdagi ajoyib kun» (A Beautiful Day in the Neighborhood);
  • Entoni Hopkins — «Ikki papa» (The Two Popes);
  • Al Pachino — «Irlandiyalik» (Irishman);
  • Jo Peshi — «Irlandiyalik» (Irishman).

Eng yaxshi original ssenariy — Pon Jun Xo («Parazitlar»)

  • Rayan Jonson — «Pichoqlarni oling» (Knives Out);
  • Noa Baumbak — «Nikoh tarixi» (Marriage Story);
  • Sem Mendes va Kristi Uilson-Keyrns — «1917»;
  • Kventin Tarantino — «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood).

Eng yaxshi adaptatsiya qilingan ssenariy — Tayka Vaytiti («Quyoncha Jojo»)

  • Stiven Zilian — «Irlandiyalik» (Irishman);
  • Todd Fillips va Skott Silver — «Joker» (Joker);
  • Greta Gervig — «Kichik ayollar» (Little Women);
  • Entoni MakKarten — «Ikki papa» (The Two Popes).

Eng yaxshi animatsion film — «O‘yinchoqlar tarixi-4»

  • «Ajdahoni qanday o‘rgatish kerak 3» (How to Train Your Dragon: The Hidden World);
  • «O‘z tanamni yo‘qotdim» (J'ai perdu mon corps);
  • «Klaus» (Klaus);
  • «Yo‘qolgan halqa» (Missing Link).

Eng yaxshi hujjatli film — «Amerika fabrikasi»

  • «G‘or» (The Cave);
  • «Demokratiya qirg‘og‘ida» (The Edge of Democracy);
  • «Samalar uchun» (For Sama);
  • «Asal o‘lkasi» (Honeyland).

Eng yaxshi liboslar — «Kichik ayollar»

  • «Irlandiyalik» (Irishman);
  • «Quyoncha Jojo» (Jojo Rabbit);
  • «Joker» (Joker);
  • «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood).

Eng yaxshi postanovkachi rassom ishi — «Bir kuni... Hollivudda»

  • «Irlandiyalik» (Irishman);
  • «Quyoncha Jojo» (Jojo Rabbit);
  • «1917»;
  • «Parazitlar» (Parasite).

Eng yaxshi grim — «Mojaro», (Bombshell)

  • «Joker» (Joker);
  • «Judi» (Judy);
  • «Malefisenta» (Maleficent);
  • «1917».

Eng yaxshi montaj — «Ford Ferrariga qarshi»

  • «Irlandiyalik» (Irishman);
  • «Quyoncha Jojo» (Jojo Rabbit);
  • «Joker» (Joker);
  • «Parazitlar» (Parasite).

Eng yaxshi ovoz montaji — «Ford Ferrariga qarshi»

  • «Joker» (Joker);
  • «1917»;
  • «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood);
  • «Yulduzlar jangi. Skayuoker. Chiqish» (Star Wars: Episode IX - The Rise of Skywalker).

Eng yaxshi ovoz — «1917»

  • «Yulduzlarga» (Ad Astra);
  • «Ford Ferrariga qarshi» (Ford v Ferrari);
  • «Joker» (Joker);
  • «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood).

Eng yaxshi operatorlik ishi — Rojyer Dikins, («1917»)

  • Rodrigo Priyeto — «Irlandiyalik» (Irishman);
  • Lourens Sher — «Joker» (Joker);
  • Jarin Blashke — «Mayoq» (The Lighthouse);
  • Robert Richardson — «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood).

Eng yaxshi vizual effektlar — «1917»

  • «Qasoskorlar: Intiho» (Avengers: Endgame);
  • «Irlandiyalik» (Irishman);
  • «Qirol sher» (The Lion King);
  • «Yulduzlar jangi. Skayuoker. Chiqish» (Star Wars: Episode IX - The Rise of Skywalker).

Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — «Sochga muhabbat» (Hair Love);

  • «Qiz» (Doch);
  • «Kitbul» (Kitbull);
  • «Memorabl» (Memorabl);
  • «Sister» (Singil).

Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — «Urushda skeytbordda uchishni o‘rganish (agar qizaloq bo‘lsang)»

  • «Yo‘qlikda» (Absentia);
  • «Hayot meni zabt etdi» (Life Overtakes Me);
  • «Bor, chop, cha-cha» (Walk Run Cha-Cha);
  • «Sent-Luislik supermen» (St. Louis Superman).

Xorij tilidagi eng yaxshi film — «Parazitlar»;

  • «Masihning tanasi» (Boze Cialo) (Polsha);
  • «Asal o‘lkasi» (Honeyland) (Makedoniya);
  • «Xo‘rlanganlar» (Les Misérables) (Fransiya);
  • «Azob va sharaf» (Dolor y gloria) (Ispaniya).

Eng yaxshi qo‘shiq — «Roketmen», (I'm Gonna) Love Me Again)

  • «O‘yinchoqlar tarixi 4» (Toy Story 4) — I Can't Let You Throw Yourself Away;
  • «Yorib o‘tish» (Breakthrough) — I'm Standing With You;
  • «Muzyurak 2» (Frozen II) — Into the Unknown;
  • «Harriyet» (Harriet) — Stand Up.

Eng yaxshi original saundtrek — «Joker»

  • «Kichik ayollar» (Little Women);
  • «Nikoh tarixi» (Marriage Story);
  • «1917»;
  • «Yulduzlar jangi. Skayuoker. Chiqish» (Star Wars: Episode IX - The Rise of Skywalker).

Eng yaxshi qisqa metrajli film — «Qo‘shni deraza» (The Neighbors' Window)

  • «Birodarlik» (Brotherhood);
  • «Nefta» futbol klubi» (Nefta Football Club);
  • «Sariya» (Saria);
  • «Singil» (Sister).
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top