12:09 / 10.02.2020
0
4982

Qurilish sohasida AKTni rivojlantirish markazi tuzilmasi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, prezidentning “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 20 sentyabrdagi PQ-4464-son qarori bilan davlat muassasasi shaklidagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tashkil etilgan, uning asosiy vazifalari va faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilangan.

Qurilish vazirligi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining xodimlar umumiy cheklangan soni 25 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi tasdiqlandi.

Qurilish vaziriga, zarurat bo‘lganda, Markaz tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Belgilanishicha, Markaz direktori va o‘rinbosari O‘zbekiston qurilish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Markaz Qurilish vazirligining Toshkent shahar, Abay ko‘chasi, 6-uy manzilidagi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

Qurilish vazirligi bir oy muddatda:

Markazning ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlaydi;

Markazni tegishli mutaxassislikka ega malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, shuningdek, modsiy-texnik bazasini shakllantirish choralarini ko‘radi;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtiradi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top