15:30 / 10.02.2020
0
32312

Shofirkon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Markaziy bankning Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Shukrullo Hakimov Shofirkon tumaniga hokim bo‘ldi.

8 fevral kuni Buxoro viloyati Shofirkon tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, Markaziy bank Buxoro viloyat Bosh boshqarmasida turli lavozimlarda, so‘nggi vaqtlarda boshqarma boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Shukrullo Xayrullayevich Hakimov Shofirkon tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shukrullo Hakimov 1984 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan, Toshkent Moliya institutini tamomlagan.

2019 yilning yozidan buyon Shofirkon tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lgan Uyg‘un G‘afforov qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari lavozimiga qaytgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top