18:41 / 11.02.2020
1
11961
Buloqboshida neft tortuvchi nasoslarning dvigatellarini o‘margan o‘g‘rilar qo‘lga tushdi

Bundan tashqari, neft quvuriga polietilen truba ulab olingani holati aniqlandi.

2020 yil 22 yanvar kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumani IIBga hududda joylashgan «JIZZAH PETROLEUM» MChJ qo‘shma korxona tarkibidagi Andijonneft koni aloqa xati bilan murojaat qilib, adirlikda joylashgan yer ostidan neft tortib nasoslarning oluvchi umumiy narxi 31 mln 248 ming 471 so‘mlik 4 dona (bir dona 30 kVt 1000 ob/min, ikki dona 11 kVt 1000 ob/min va bir dona 7,5 kVt 1000 ob/min) elektr dvigatellari noma'lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlanganini bildirgan. Bu haqda Andijon viloyat IIB Kun.uz`ga ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, holat yuzasidan voqea sodir etilgan joyga Buloqboshi tumani IIB tezkor tergov guruhi yuborilib, jinoyatni fosh etish borasida olib borilgan tezkor qidiruv tadbiri davomida bu o‘g‘irlikni Buloqboshi tumani «Ko‘prikbosh» MFY Payvasta ko‘chasida yashovchi fuqaro D.Z, «Balandchek» MFY Xiyobon ko‘chasida yashovchi F.S, «Sanoat» MFY Ko‘klam ko‘chasida yashovchi Q.M va «Neftchilar» MFY Konchilar ko‘chasida yashovchi S.A.lar sodir etgani aniqlangan.

«Ular D.Z boshqaruvida bo‘lgan «Kobalt» rusumli avtomashinadan foydalangan holda o‘g‘irlangan dvigatellarni Buloqboshi tumani Ko‘prikboshi MFY Payvasta ko‘chasida yashovchi kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi A.S boshqaruvida bo‘lgan «Labo» rusumli avtomashinaga yuklashib, Andijon shahar Paxtakor ko‘chasida joylashgan temir buyumlar bozorida elektr dvigatellar bilan shug‘ullanuvchi K.M.ga 4 mln 700 ming so‘mga sotib yuborishgan.

Ayni paytda Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Undan tashqari, 2020 yil 29 yanvar kuni soat 17:00 atrofida Buloqboshi tumani «Sanoat» MFY Vatanparvar ko‘chasi 162-uyda yashovchi R.Sh.ning o‘g‘li R.Sh. yashash hovli tomonidan o‘tgan 2-uchastka neft quvuriga polietilen truba ulab, 3ta polietilen qopga jami 200 kg neft mahsulotini saqlab kelayotgan vaqtida ushlandi.

Hozirda u shaxsga ham Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top