18:33 / 11.02.2020
4
43612
Koronavirus: Xitoydan O‘zbekistonga tovarlar importi uchun cheklov qo‘yildimi?

O‘zbekistonda Xitoydagi koronavirus sabab bu mamlakatdan tovarlar importiga cheklov qo‘yilgani haqida gap-so‘zlar tarqalmoqda. Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiysi bu ma'lumotni rad etdi.

Foto: Getty Images

11 fevral kuni Toshkent viloyatidagi «G‘ishtko‘prik» chegara-bojxona postiga press-tur uyushtirildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona nazoratini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Kabulovning aytishicha, koronavirus tufayli Xitoydan tovarlar kirib kelishi cheklanayotgani haqidagi gap-so‘zlar asossiz.

«O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-sotiqda hech qanday taqiq o‘rnatilgani yo‘q. Xitoy hududida tarqalgan koronavirus sababli chegarada Sog‘liqni saqlash tarkibiy tuzilmalari har bir fuqaroni nazorat qilyapti. Import-eksport jarayonida ham Xitoydan keladigan tovar bo‘lsa, tegishli idoralar bu mahsulotga sertifikat qilib beradi.

Hozirda tovarlar kirib kelyapti. Qurilish materiallari, xalq iste'mol tovarlari to‘xtagani yo‘q.

Rustam Kabulov

Bizning Xitoy bilan umumiy chegaramiz yo‘q. Fuqarolar Qozog‘iston yoki Qirg‘iziston orqali kirib kelishi mumkin. Agar Xitoydan fuqaro kirib kelsa, albatta SES xodimlari ularning sog‘ligini tekshirishyapti.

Kirib kelishni cheklab bo‘lmaydi. Hozirda Qozog‘iston-Xitoy chegarasi vaqtincha yopilib, fuqarolar harakatiga nazorat kuchaytirildi. Lekin tovar oqimiga ta'sir qilgani yo‘q», – deb ta'kidladi Kabulov.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top