12:03 / 11.02.2020
0
2692
Onlayn auksion orqali 3,5 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Onlayn auksion orqali 785 ta avtomobil raqami sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,5 mlrd so‘mni tashkil qildi

2020 yilning 3-9 fevral kunlari “O‘zRTXB” AJda 983,9 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, bu avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 10 foizga ko‘pdir. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 26 foizga o‘sib, 489,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 805,2 mlrd so‘mdan 885,9 mlrd so‘mgacha oshdi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 1,4 mln. AQSh dollarni tashkil etdi. Eksport tarkibida paxta tolasi 69 foiz, polietilen mahsulotlarning ulushi 10 foiz, texnik moylarning ulushi 4 foiz va boshqa mahsulotlarning ulushi 17 foizni egalladi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 35,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 10,8 mlrd so‘mga yetdi, yoki tuzilgan bitimlarning 31 foizni egalladi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 59,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 26 foizga o‘sdi. Budjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 9 foizga o‘sib, 13,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 785 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 19,7 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47,4 foiz ikkinchi va 32,9 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top