12:27 / 12.02.2020
0
7406

10ta xalqaro va 114ta mahalliy yangi avtobus yo‘nalishlarini ochish rejalashtirilyapti 

Respublika iqtisodiyoti va aholisi ehtiyojlari uchun avtomobil transporti xizmatlari ko‘rsatishni yanada rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

Yil davomida tegishli amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatish tizimini yaxshilash doirasida respublika bo‘yicha:

10 ta xalqaro va 114 ta mahalliy yangi avtobus yo‘nalishlarini ochish;

26 ta avtostansiya qurish va rekonstruksiya qilish;

296 ta oraliq bekatlarni qurish;

600 ta yangi avtobuslar sotib olish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Transport vazirligi, tijorat banklari, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zavtosanoatlizing” MChJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top