11:00 / 12.02.2020
8642
Farg‘ona shahridagi SIRIUS xususiy maktabi bilimga chanqoq o‘quvchilarni o‘z bag‘riga chorlaydi

Hozirgi kunda sifatli ta'limga bo‘lgan talab hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib bormoqda. Ta'lim olish imkoniyati qancha ko‘p bo‘lgani sari tanlov ham shuncha murakkablashadi. Biz esa har doim o‘zimizga ham, yaqinlarimizga ham eng saralarini ravo ko‘ramiz.

SIRIUS («Sirius Alfraganus Education») xususiy maktabi zamonaviy uslubda qurilgan bo‘lib, jahon standartlariga mos ravishda to‘liq internet va axborot kommunikatsiyalari, so‘ngi modeldagi kompyuterlar, qulay va sifatli o‘quv jihozlari bilan ta'minlangan shinam o‘quv xonalari, muntazam sport bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan sport zali va futbol maydonchasi, hamda sayr uchun «EKOSAN» mini issiqxona bog‘i ham shular sirasiga kiradi. Bundan tashqari o‘quvchilarga maktab diyetologi nazorati ostida me'yoriy talablar asosida tayyorlanadigan 3-4 mahal issiq taomlar beriladi.

Maktab pedogoglari viloyatning ko‘zga ko‘ringan malakali o‘qituvchilar jamoasidan tarkib topgan bo‘lib, ta'lim berish zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan foydalangan holda olib boriladi. Qolaversa xorijiy davlatlardan taklif etilgan mutaxassislar o‘quvchilarni ingliz tilini mukammal o‘rganishida o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda.

Maktabda quyidagi fanlar chuqurlashtirilgan shaklda olib boriladi:

  • Ingliz tili;
  • Matematika;
  • Tarix;
  • Rus tili.

Asosiy fanlar bilan birgalikda o‘quvchilar bir qancha kurslar va to‘garaklarga qatnashishlari tashkil etilgan:

  • Prezident maktabiga tayyorgarlik (Cambridge Assessment va PISA testlari asosida);
  • IELTS imtihoniga tayyorgarlik;
  • Mental arifmetika;
  • Koreys tili;
  • Shaxmat;
  • Taekvando;
  • Futbol;
  • Art studio;
  • Robototexnika va aviamodellar.

Uzoq hududlardan kelgan o‘quvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, maktab binosida yotoqxona tashkil etilgan bo‘lib o‘quvchilar uchun hafta davomida o‘qish va yashash uchun barcha sharoitlar mavjud. Barcha o‘quvchilar mavsumiy maktab formasi bilan ta'minlanadi. O‘quv jarayonlarini ota-onalar 24 soat davomida bevosita onlayn video orqali kuzatishlari mumkin.

Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida 2020 yil uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lgan ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida, maktabimizda o‘qish istagidagi 6 yoshgacha bo‘lgan bo‘lg‘usi o‘quvchilarni malakali mutaxassislar yordamida yozish, chizish, hisoblash, jamoa orasida o‘zini qanday tutish va maktabda bo‘lish ko‘nikmalariga o‘rganishlari uchun tayyorlov kurslarini ochish rejalashtirilgan.

Bizning maqsadimiz zukko, bilimli, sog‘lom va vatanimiz ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shadigan yetuk insonlar tayyorlashdir.

Manzil: Farg‘ona shahri, Farg‘ona ko‘chasi, 130-A uy

Mo‘ljal: Farg‘ona Politexnika Instituti

Telefonlar: 99893 241 2002, 99873 241 2002

Telegram: t.me/siriusschool

Facebook: fb.com/siriusschooluz

Instagram: @siriusschooluz

Reklama huquqi asosida

Top