21:03 / 12.02.2020
0
2300
«Formula-1»ning Xitoydagi bosqichi noma'lum muddatga qoldirildi

«Formula-1» avtopoygasining Xitoydagi bosqichi koronavirus epidemiyasi sababli noma'lum muddatga qoldirildi.

Foto: Reuters

Bu haqda Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) bayonotida ma'lum qilindi. Xitoy gran-prisi 19 aprelda Shanhayda boshlanishi kerak edi.

“Xitoy bosqichi “Formula-1” taqvimining muhim qismi hisoblanadi, avtosport hamjamiyati Xitoydagi poygani intiqlik bilan kutib qoladi va ushbu mamlakat uchun bunday og‘ir damda eng ezgu tilaklarni bildiradi”, deyilgan bayonotda.  

Xitoydagi poyga 2004 yildan beri o‘tkazib kelinadi. “Formula-1” bosqichi oxirgi marta 2011 yilda Bahraynda bekor qilingandi. Bunga ushbu davlatdagi ommaviy noroziliklar sabab bo‘lgan.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti epidemiyani favqulodda holat deb e'lon qilgani sababli, FIA va “Formula-1” bu qarorni chempionat ishtirokchilari, xodimlar va muxlislar sog‘lig‘i va xavfsizligini ta'minlash maqsadida qabul qildi”, deyilgan xabarda. 

Poygalarning joriy yildagi ilk bosqichi 13-15 mart kunlari Avstraliyaning Melburn shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top