08:56 / 12.02.2020
0
3845
Qonunchilik palatasi va Senatga yangi vakolat berilishi mumkin

Parlament tekshiruvi institutidan samarali foydalanishning huquqiy asoslarini takomillashtirish mo‘ljallanmoqda

Foto: KUN.UZ

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada Qonunchilik palatasi va Senatga o‘zlarining alohida qarori bilan parlament tekshiruvi o‘tkazish va tegishli komissiyalar tuzish vakolatini berish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti.

Shuningdek, qonunchilik tashabbusi huquqi sub'yektlarining qonun ijodkorligi jarayonidagi mas'uliyatini oshirish ko‘zda tutilgan.

2020 yil 1 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

qonun loyihalari birinchi o‘qishda qabul qilinayotganda ma'ruza bilan chiqish vazifasini, qoida tariqasida, qonunchilik tashabbusi huquqi sub'yekti yoki uning vakili zimmasiga yuklash;

mazkur qoidani amalga oshirish mexanizmini belgilash, jumladan tashabbuskor idora qonun loyihasining ahamiyatini deputatlar oldida asoslab bera olmagan hollarda loyihani ko‘rib chiqishni rad etish tartibi nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, qonunchilik tashabbusi huquqi sub'yektlari.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top