11:11 / 12.02.2020
3
54067

Toshkentda YPX xodimlarining formasi o‘zgardi

Foto: IIBB YHXB matbuot xizmati

Toshkentda YPX xodimlarining formasi o‘zgardi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 12 fevraldan boshlab Toshkent shahrining turli nuqtalarida IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yangi formasi tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazilmoqda.

 

 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 1 yanvar kunidan Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining barcha YPX xodimlari xizmatni mobil kameradan foydalangan holda o‘tashni boshladilar. 

YPX xodimi to‘xtatib muloqotga kirishganda, mazkur muloqot mobil kameraga yozib olinadi, kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilsa, aybni isbotlash uchun videoyozuvdan foydalanilishi mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top