08:15 / 12.02.2020
0
19219

Xitoyda koronavirusdan bir kun ichida yana 97 kishi vafot etdi

Foto: REUTERS / Tyrone Siu

Xitoyda bir kun ichida koronavirusdan vafot etganlar soni 97 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda 1113 nafarga yetdi. Shuningdek, 2015 ta yangi kasallanish holati qayd qilinib, kasallanganlar umumiy soni 44653 nafarni tashkil qilmoqda.     

Bir kun avval kasallanganlar soni 42,6 ming nafarni, qurbonlar soni 1016 nafarni tashkil qilayotgani ma'lum qilingandi.

Shuningdek, bir kun ichida sog‘ayganlar soni 744 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda 4740 nafarga yetdi.

Bundan tashqari, Xitoy maxsus ma'muriy hududlari hisoblangan Hongkongda 49 ta, Makaoda 10 ta va Tayvanda 18 ta kasallanish holati qayd etilgan. Hongkongda bir kishi virusdan vafot etgan.

Avvalroq ma'lum qilinganidek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi. Shuningdek, JSSTda koronavirusga qarshi vaksina  18 oydan keyingina paydo bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top