19:15 / 12.02.2020
0
14490
Xorazm viloyati aholisi soni bo‘yicha statistik ma'lumotlar berildi

Xorazm viloyati doimiy aholisining soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 1866,7 ming kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 31,0 ming kishiga yoki 1,7 foizga o‘sdi.

Bu haqda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma'lumot bermoqda.

2019 yilda viloyatda 41,2 ming chaqaloq tug‘ilib, 8,5 ming kishi vafot etgan. Natijada, aholining tabiiy o‘sishi 32,7 ming kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 5,8 ming kishi viloyatga yashash uchun ko‘chib kelgan bo‘lsa, 7,4 ming kishi ko‘chib ketgan.

Viloyatda qishloq aholisi shahar aholisiga nisbatan ko‘proq bo‘lib qolmoqda. Xususan, shahar aholisi soni 619,3 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 33,2 foiz), qishloq aholisi soni 1247,4 ming kishini (66,8 foiz) tashkil etadi.

Viloyatning eng katta shaharlari – Urganchda 143,9 ming, Xivada

92,1 ming aholi istiqomat qilmoqda.

Hududlar kesimida tahlillar shuni ko‘rsatyaptiki, 2020 yil 1 yanvar holatiga eng ko‘p aholi soni Hazorasp tumanida qayd etilgan – 247,8 ming kishi (yoki viloyat aholisi sonidagi ulushi 13,3 foiz). Keyingi o‘rinlarda Urganch tumani – 197,5 ming (10,6 foiz) va Xonqa tumani – 185,5 ming (9,9 foiz) bormoqda.

2019 yil davomida qayd etilgan nikohlar soni 15,8 mingni tashkil qiladi. Bu esa 2018 yilga nisbatan 0,2 mingtaga kamdir. Umuman olganda so‘nggi uch yil davomida nikohlar soni kamayib borayotganini kuzatish mumkin. Nikohdan ajralishlar soni esa yiliga mingtani tashkil qilyapti.

Nurmuhammad Said tayyorladi

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top