11:24 / 13.02.2020
0
30590
Beruniy tumanida sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida “Matiz” va “MAN” to‘qnashdi, hodisa oqibatida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 12 fevral kuni soat 11:30larda A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lida Beruniy tumanida yashagan A.B. “Matiz” rusumli transport vositasini belgilangan tezlik talabiga amal qilmasdan boshqarishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmatiga ko‘ra, u qarshisidan harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi Sh.T. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi A.B., ushbu avtomashina yo‘lovchilari S.M., voyaga yetmagan M.Q. va T.R. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etishgan.

“MAN” haydovchisi Sh.T. va “Matiz” rusumli transport vositasi yo‘lovchilari D.Q. va S.S. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

“Hurmatli harakat ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga belgilangan tezlik talablariga amal qilishingizni, ob-havo sharoitida yo‘lning holatiga e'tibor berishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top