22:19 / 13.02.2020
1
12440
Jyeff Bezos Los-Anjyelesda rekord narxga ko‘chmas mulk sotib oldi

Amazon asoschisi va dunyoning eng boy odami Jyeff Bezos Los-Anjyelesda 165 mln dollarga yer-mulk xarid qildi. Milliarder ko‘chmas mulkni mediamagnat Devid Geffendan sotib olgan.

Foto: Reuters

Yer-mulk uchun to‘langan narx Los-Anjyeles okrugi ko‘chmas mulk bozori uchun rekord qiymat bo‘ldi, deb xabar berdi The Wall Street Journal.

Gap Beverli-Xillzda joylashgan Warner Estate yer-mulki haqida bormoqda. Yer-mulk maydoni 3,6 gektarni tashkil qiladi. U 1930-yillarda Warner Bros kinokompaniyasi direktori Jyek Uorner uchun loyihalangan. Ta'kidlanishicha, bu yerda keng terrasalar, katta bog‘lar, bir necha mehmon uylari, tennis korti va golf maydoni bor. Geffen ushbu ko‘chmas mulkni 1990 yilda 47,5 mln dollarga sotib olgan.

Umuman olganda, AQSh ko‘chmas mulk bozori uchun rekord narx 238 mln dollarni tashkil qiladi. Citadel xej-fondi asoschisi Kennet Griffin 2019 yil yanvarda Nyu-Yorkdagi hashamatli pentxaus uchun aynan shu miqdordagi pulni to‘lagan.

Dunyo ko‘chmas mulk bozori uchun rekord narx esa 2017 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, Hongkongdagi uyga 361 mln dollar to‘langan. 

Ayni vaqtda boyligi 132 mlrd dollarga baholanayotgan Bezos avvalroq Nyu-Yorkda umumiy maydoni 1500 kvadrat metrdan ko‘proq bo‘lgan 3 kvartirani 80 mln dollarga sotib olgandi.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top