23:15 / 13.02.2020
2
54582
«Mahkuma»: Zangiota ayollar koloniyasidan maxsus fotoreportaj

Kun.uz ijodiy jamoasi Zangiota tumanidagi ayollar koloniyasida bo‘ldi. U yerda mahkumalarning yashash tarzi, mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mahkumalar bilan suhbatlashildi.

O‘zbekistonda yagona bo‘lgan ushbu koloniyada mahkumalar sodir etgan jinoyati darajasiga qarab alohida guruhlarga ajratilgan. Bu yerda 18 yoshdan boshlab 70 yoshgacha (undan yuqori) bo‘lgan mahkumalar bor. Koloniya alohida qismlarga ajratilgan: bolalar uyi, madaniyat va ma'rifat markazi, yotoqxona, uchrashuv xonalari, mahkumalar mehnat qiladigan ishlab chiqarish hududi kabilardan iborat. Ushbu fotojamlanmada koloniya hayotini turli rakurslarda ko‘rsatilgan.  

Koloniyaga kirish darvozasi
Madaniy tadbir jarayonidan
Kutubxona
Kutubxonada mutolaa
Mahkumalarning farzandlari uchun musiqa xonasi
Ishlab chiqarish korxonasi
Mahkuma ayol chinni idishga gul naqshini chizmoqda.
Mahkumalar tomonidan tayyorlanadigan mahsulot
 Suratga olayotganimizni ko‘rgan mahkumalar yuzini yashirib qocha boshlashdi
Qisqa muddatli uchrashuv xonasi
Yotoqxona
Mahkumalar tushlikka tayyorlanishmoqda
Ovqatga kirishdan avval jo‘r ovozda qo‘shiq kuylanadi
Mahkumalar ovqati
Tushlik vaqti
Biz ham mahkumalar qatorida taom tanovul qildik
Odatiy kechki ovqat

Ilyos Safarov, Muhabbat Ma'mirova – Kun.uz muxbirlari,

Otaxon Yusupov - fotograf

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top