16:07 / 13.02.2020
0
4961
Mazda koronavirus tufayli zavoddagi tanaffus rejimini uzaytirdi

Xitoy brendi korxonasining konveyeri 17 fevralgacha ishga tushirilmaydi

Foto: Nikkei Asian Review

Xitoyda Mazda zavodi kompaniya koronavirus epidemiyasi sababli korxona ishida rejadan tashqari tanaffusni uzaytirishga qaror qilganligi sababli kamida 17 fevralga qadar ishlamaydi.

Dastlab, zavod 12 fevralda ish boshlashi taxmin qilingandi, ammo COVID-2019 (2019-nCoV virusi sabab bo‘lgan infeksiyaning rasmiy nomi) koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat fonida qator kompaniyalar konveyerlarni ishga tushirishni kechiktirishga qaror qildi. 

Shu bilan birga, Xitoydan tashqaridagi avtomobil zavodlari ham ishlamayapti - Hyundai Janubiy Koreyadagi korxonada birinchi bo‘lib tanaffus rejimini joriy etdi. Keyinchalik Kia Janubiy Koreyadagi uchta maydonchada ishni to‘xtatdi.

Avvalroq, Renault’ning Janubiy Koreyadagi bo‘linmasi avtomobillar ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani, FCA (Fiat-Chrysler) esa Yevropadagi zavodlaridan birida tanaffus rejimini joriy qilishi mumkin ekani xabar berilgan edi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top