12:05 / 13.02.2020
2
8228
Toshkent viloyatida Damas’ni olib qochib, YPX mashinasi bilan to‘qnashgan yigitlar ushlandi

Toshkent viloyatida ikki nafar yosh yigit Damas avtomashinasini olib qochdi

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 6 fevral kuni soat 10:00 dan 17.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxs fuqaro 31 yoshli S.X.ga tegishli Damas rusumli avtomashinani Toshkent viloyati Olmaliq shahar Oltin zamin ko‘chasidagi uylarning yonidan olib qochib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoshli B.G. va 17 yoshli Yo.T. sodir etganliklari aniqlanib, olib qochilgan avtomashinani Ohangaron tumani hududida boshqarib ketayotganlarida, YPX xodimining to‘xtash ishorasiga rioya qilmasdan harakatni davom ettirib, haydovchining malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli YPX avtomashinasi bilan to‘qnashib ketib, olib qochilgan avtomashina yo‘lining chetidagi ariqqa tushib ketishi natijasida to‘xtagan.

Jinoyat ishi bo‘yicha B.G. va Yo.T. protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top