09:42 / 13.02.2020
0
17280

Turkmaniston prezidenti milliy xavfsizlik vazirini almashtirdi  

Yaylim Berdiyev/ Foto: hronikatm.com

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov milliy xavfsizlik vaziri general-mayor Yaylim Berdiyevni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etdi.

Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi. 

Vazirlikka yangi rahbar etib polkovnik Gurbanmurot Annayev tayinlangan. U bungacha Berdiyevning o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Turkmaniston prezidenti Xavfsizlik kengashining 22 yanvardagi yig‘ilishida Berdiyevga qat'iy hayfsan e'lon qilgan. U Berdiyevning unvonini lavozim majburiyatlarini tegishlicha bajarmagani va ishda qo‘yilgan kamchiliklar uchun general-polkovnikdan general-mayorgacha pasaytirgan va davlat xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan bo‘shatgan.  

Ta'kidlanishicha, 2019 yil dekabrda Turkmaniston ichki ishlar vaziri Iskandar Mulikov o‘z lavozimidan olingach, prezident Berdiyevning moliyaviy holati va mol-mulkini tekshirishni buyurgan. 

Avval mudofaa vaziri lavozimini egallagan Yaylim Berdiyev milliy xavfsizlik vazirligini 2018 yil iyundan boshqarib kelgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top