23:03 / 14.02.2020
0
6398
Aholi sement ishlab chiqarish korxonalari ustidan shikoyat qilmoqda - Ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistondagi yirik sement ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati tekshirilmoqda. Bu haqda qo‘mita rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Foto: uznature.uz

Unga ko‘ra, sement ishlab chiqarish korxonalarining ishlash jarayonida tabiiy muhitga salbiy ta'sir qiluvchi asosiy ifloslantiruvchi modda chang, mayda dispersli qattiq zarrachalar hisoblanadi. Shuningdek ular faoliyatida atrof-muhitga oqova suvlar chiqarib tashlanadi.

Aholi va jamoatchilik tashkilotlari tomonidan atrof-muhitga zararli tashlamalar tashlayotgan yirik sement ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yuzasidan shikoyat va murojaatlar kelib tushmoqda. Tekshiruv ana shu murojaatlar asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining “Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2018 yil 22 noyabrdagi 949-son qaroriga ko‘ra sement ishlab chiqarish korxonalari atrof-muhitga ta'sir ko‘rsatishning I toifasiga mansub (yuqori darajali xavfli) faoliyat turi deb belgilangan.

Ma'lum qilinishicha, o‘tgan yilning oktabr oyida 13 ta sement ishlab chiqarish korxonalariga tutash hududlar atrofidan atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli tashlamalar bo‘yicha namunalar olinib, tahlillar o‘tkazilgan. Natijada hamda 5 ta korxonada atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar miqdori me'yordan yuqoriligi aniqlangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top