08:38 / 14.02.2020
0
7255
Andijonda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Andijonda “Neksiya-3” va “ZIL-130” ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 13 fevral kuni soat 21:00larda Andijon viloyati Andijon tumani hududida Asaka tumanida yashovchi X.M. “Neksiya-3” rusumli transport vositasi tezligini me'yoridan oshirib boshqarishi oqibatida, shu yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada, “Neksiya-3” rusumli avtomashina yo‘lovchilari I.J. va N.P. tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan. Ushbu transport vositasi haydovchisi X.M. va yo‘lovchisi M.B. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Hurmatli harakat ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda belgilangan tezlik talablariga qat'iy rioya eting. Tezlikni me'yoridan oshirib, o‘zingiz va boshqa harakat ishtirokchilari hayotini xavf ostida qoldirmang. Unutmang, sizni uyda farzandlaringiz, ota-onangiz, yaqinlaringiz kutadi. Har doim yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling”, - deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati ma'lumotida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top