17:25 / 14.02.2020
0
10701

AQSh harbiy havo kuchlarida soqol qo‘yish va ro‘mol o‘rashga ruxsat berildi

AQSh harbiy havo kuchlari harbiy xizmatchilariga qo‘yiladigan dress-kod talablari soddalashtirildi, deb xabar tarqatdi CNN.

Yangi tartibga asosan, endilikda musulmonlar va sikxlarga soqol o‘stirish, ro‘mol va dastor o‘rashga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, qoidalarda harbiy xizmatchining tashqi ko‘rinishi «ozoda va konservativ» bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilgan. Kishi o‘ziga qaray olmasligi ehtimoli bo‘lgan muayyan shart-sharoitlar bundan mustasno.

Ta'kidlanishicha, AQSh HHKning ba'zi harbiy qismlarida yangi tartib amal qila boshlagan. Telekanal o‘z saytida boshiga dastor o‘ragan uchuvchi suratini ilova qilgan:

Nyu-Jyersidagi McGuire-Dix-Lakehurst bazasi xizmatchisi
Foto: Harmeet Kaur /CNN - 2019 yil, dekabr
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top