13:31 / 14.02.2020
0
11453
«O‘zgidromet» dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi
Foto: KUN.UZ

Bugun O‘zbekistonning shimoliy hududi - Qoraqalpog‘istonga Kavkaz rayonlaridan nam havo oqimi kiradi, natijada ob-havo bulutli bo‘lib, ayrim joylarga yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududining katta qismida 14 fevralda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Havo 9-14 daraja iliqqacha, respublika shimolida 2-7 darajagacha iliydi.

15 fevralda nam havo oqimining ta'siri mamlakatning katta qismiga tarqaladi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib o‘tadi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

16 fevralda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab yog‘ingarchilik ehtimoli saqlanib turadi. 

Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top