21:04 / 15.02.2020
0
10604

Berlinda otishma sodir bo‘ldi – OAV

Politsiyaning taxminicha, otishma uyushtirganlar bir necha kishi bo‘lgan.

Foto : dpa

Berlinda sodir etilgan otishma natijasida bir kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Local portali.

Portalning ma'lumotiga ko‘ra, turklarning "Güldür Güldür Show" komediya shousi bo‘lib o‘tayotgan "Tempodrom" konsert-sport zali yaqinida sodir bo‘lgan. 

42 yoshli bir erkak halok bo‘lgan, jarohatlanganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.

Politsiyaning taxminicha, otishma uyushtirganlar bir necha kishi bo‘lgan. Ular jinoyat joyidan qochib ketishgan. Voqea joyiga 200 nafarga yaqin politsiya xodimi yetib kelgan va surishtiruv-qidiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top