21:28 / 15.02.2020
0
35170
JSST koronavirus to‘g‘risidagi yolg‘on xabarlarga qarshi kurashishga chaqirdi

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 66,4 mingdan oshgan, 1523 kishi vafot etgan.

Foto: Reuters

Ijtimoiy tarmoqlar Xitoydagi yangi koronavirus to‘g‘risidagi uydirma va mish-mishlarga qarshi kurashishi lozim, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyyesus Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada.

"Biz faqat epidemiya bilangina kurashmayapmiz. Biz axborot epidemiyasiga qarshi ham kurashyapmiz. Yolg‘on xabarlar koronavirusdan ham tezroq va osonroq tarqalyapti va bu xavfli. Aynan shuning uchun Facebook, Google, Pinterest, Tencent, Twitter, TikTok, YouTube va boshqa tarmoqlar bilan mish-mish va yolg‘on xabarlarga qarshi turish uchun ish olib bormoqdamiz", - dedi u.

JSST bosh direktori davlatlarni ham koronavirus bilan bog‘liq vahima va yolg‘on axborotlarga qarshi kurashishga chaqirdi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 66,4 mingdan oshgan, 1523 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top