00:08 / 16.02.2020
0
6581
Afg‘oniston prezidenti mamlakatdagi AQSh harbiylari sonini qisqartirishga tayyorligini bildirdi
Foto: RIA "Novosti"

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" jangarilari o‘rtasida qurolli kurash davom etmoqda. Shu bilan birga, AQSh rasmiylari va “Tolibon” harakati vakillari yaqin orada kuchga kiradigan yetti kunlik sulh to‘g‘risida kelishuvga erishgani xabar qilindi.

Afg‘oniston mamlakatdagi AQSh harbiylari sonini qisqartirish ehtimoliga tayyor, deb ma'lum qildi Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani.

"Biz bunga tayyormiz. Barcha operatsiyalarning 94 foizga yaqini afg‘on kuchlari tomonidan o‘tkazilmoqda", - dedi u Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada.

Kobul qisqartirish qay darajada bo‘lishiga rozi ekanligi haqidagi savolga G‘ani barchasi mamlakatdagi sharoitlarga bog‘liqligini aytdi.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" jangarilari o‘rtasida qurolli kurash davom etmoqda. Shu bilan birga, AQSh rasmiylari va “Tolibon” harakati vakillari yaqin orada kuchga kiradigan yetti kunlik sulh to‘g‘risida kelishuvga erishgani xabar qilindi. Ushbu davrning muvaffaqiyatli yakunlanishi o‘t ochishning rasman to‘xtatilishiga, afg‘onlararo muloqotning boshlanishiga va Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan yakuniy olib chiqilishi uchun sharoit yaratilishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top