19:18 / 16.02.2020
0
2843
Buxorodagi “Jayron” pitomnigida “Do‘stlar klubi” tashkil etildi

 Jonivorlar sonining ko‘payishi ozuqa zaxiralari bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqardi. Uni hal qilish uchun “Jayron” pitomnigi “Do‘stlar klubi”ni – jonivorlarni yaxshi ko‘radigan kompaniyalar hamjamiyatini tashkil etdi, ularning xayriya yordamlari ozuqa sotib olishga sarflanadi.

Foto: Uznature.uz

“Jayron” Buxoro ixtisoslashgan pitomnigi huzurida “Do‘stlar klubi” ochildi. Bu jonivorlarni yaxshi ko‘radigan kompaniyalarning hamjamiyati bo‘lib, ularning ixtiyoriy badallari jonivorlarni ochlikdan nobud bo‘lishdan qutqaradi. Qo‘riqxonaning ayni damdagi tabiiy ozuqa bazasi jami 1135 ta bo‘lgan jonivorlarning faqat 800 tasiga yetadi.

“Jayron” pitomnigi Qizilqum cho‘lining janubi-g‘arbida joylashgan bo‘lib, 40 yildan ortiqroq vaqt mobaynida kamyob jonivorlarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanadi. Uning faoliyati tufayli jayronlar, qulunlar, Prjyevalskiy otlari, buxoro tog‘ qo‘ylari, buxoro bug‘ulari va vinsimon shoxli echkilari populyatsiyasi tobora o‘sib bormoqda. Ammo jonivorlar sonining ko‘payishi ozuqa zaxiralari bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqardi. Uni hal qilish uchun “Jayron” pitomnigi “Do‘stlar klubi”ni – jonivorlarni yaxshi ko‘radigan kompaniyalar hamjamiyatini tashkil etdi, ularning xayriya yordamlari ozuqa sotib olishga sarflanadi.

«Ozuqa sotib olish masalasi pitomnik oldida har yili yuzaga keladi. Bugungi kunda to‘silgan hududda 955 ta jayron, 155 ta qulun va 25 ta Prjyevalskiy oti yashaydi. Tabiat faqat 800 ta jonivorni boqa oladi. Qolganlarini ochlikdan qirilib ketishdan saqlash – bizning vazifamiz. Pitomnik xodimlari yon-atrofdagi qo‘shni hududdan turli o‘t-o‘lanlar, qamish, tuya yantog‘i, qandim kabilarni yig‘ib keladilar, lekin bu yetarli emas. Hayvonlarning yashab qolishi uchun homiylardan ko‘rsatilayotgan ko‘mak asos bo‘la oladi. Bizga KNAUF kompaniyasi muntazam ravishda ko‘maklashib keladi, ularning yordamlari bilan biz bir tonna arpa sotib olamiz. Bu qo‘shimcha ozuqa jonivorlarning qishdan chiqib olishiga yordam beradi»,- deydi “Jayron” Buxoro ixtisoslashgan pitomnigi direktori Shavkat Boltayev.

Hayvonlarga butun yil davomida qo‘shimcha ozuqa berib turiladi.

“Biz biznes olami vakillari noyob qo‘riqxonani qo‘llab-quvvatlashni istashadi deb umid qilamiz, ushbu qo‘riqxona tufayli O‘zbekistonning nodir jonivorlari qirilib ketmaydi, balki qulay sharoitlarda yashaydi hamda ko‘payadi. Biz xayr-ehson qiluvchilarga sarflangan har bir so‘m bo‘yicha to‘liq hisobot taqdim etamiz va hamma vaqt ularni bizning tadbirlarimizda va ekskursiyalarimizda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz Shuningdek, pitomnik hududida "Do‘stlar klubi"ga a'zo kompaniyalarning nomlari tushirilgan stend ham o‘rnatilgan”, - deya qo‘shimcha qildi Shavkat Boltayev.

Hozirgi vaqtda “Jayron” pitomnigining “Do‘stlar klubi” ga KNAUF kompaniyasi, Kogon shahar hokimiyati, Qorovulbozor tumani hokimiyati va Qorovulbozor tuman prokuraturasi kiradi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top