01:20 / 16.02.2020
0
9192
Diamond Princess laynerida yana 67 kishi koronavirusga chalingani aniqlandi
Foto: Reuters

Avvalroq Yaponiya hukumati 11 nafar yo‘lovchiga kemani tark etishga ruxsat bergandi. Ular yoshi 80dan oshganlar bo‘lib, sog‘ligida koronavirus bilan bog‘liq bo‘lmagan muammolar paydo bo‘lgan.

Yaponiyada karantinda saqlanayotgan Diamond Princess kruiz layneri bortida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq yana 67ta holat qayd etildi, deb ma'lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Katsunobu Kato.

Shunday qilib, OAVning qayd etishicha, kema bortida koronavirusga chalinganlar soni 285 nafarga yetgan.

Shu bois barcha yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari kema bortida karantinda saqlanmoqda. 

Avvalroq Yaponiya hukumati 11 nafar yo‘lovchiga kemani tark etishga ruxsat bergandi. Ular yoshi 80dan oshganlar bo‘lib, sog‘ligida koronavirus bilan bog‘liq bo‘lmagan muammolar paydo bo‘lgan. Ular quruqlikda karantinga joylashtirilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni qariyb 66,5 ming kishiga yetgan, 1,5 ming kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top