07:40 / 16.02.2020
0
39007

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 1600 nafardan oshdi

Xitoyda Covid-19 koronavirusidan halok bo‘lganlar soni 1665 nafarga yetdi, kasallaganlar 68,5 ming nafarni tashkil qilmoqda.  

Foto: Xinhua

O‘tgan kun ichida mamlakatda koronavirusdan 142 kishi, jumladan virus tarqalish o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida 139 kishi, Sichuanda 2 kishi va Xunanda bir kishi vafot etgan, 2009 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. 

Shifoxonalarda 57 mingdan ko‘proq odam qolmoqda, ulardan 11,2 ming nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Shu bilan birga 9419 kishi sog‘ayib, shifoxonadan chiqarilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top