23:42 / 16.02.2020
0
33680
Xitoyda koronavirusga qarshi birinchi dori ishlab chiqarila boshlandi

Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida koronavirusga qarshi kurashda samarali bo‘lishi mumkin bo‘lgan birinchi dori vositasi ishlab chiqarila boshlandi. 

Foto: Reuters

Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi Taychjou shahri ma'muriyatiga tayanib xabar berdi.  

Rasmiylarning WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotiga ko‘ra, gap avval Favipiravir yoki Avigan nomi bilan ma'lum bo‘lgan dori vositasi haqida bormoqda.

Ta'kidlanishicha, hozirgi nomlanishi “Faveylavey” bo‘lgan dori Zhejiang Hisun Pharmaceutical kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va sotuvga chiqarish uchun Xitoyning oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini nazorat qilish davlat boshqarmasi tomonidan rasman ma'qullangan. 

16 fevralda ishlab chiqarilishi boshlangan dori virusning oldini olish va davolashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Dorining lotin tilidagi nomi ma'lum qilinmagan, biroq internetda dorini ishlab chiqarishga litsenziyada Favipiravir nomi qayd qilingan.

Xitoyning biotexnologik ishlanmalar milliy markazi direktori Chjan Sinmin bir nechta dorilar, jumladan, Remdesivir (remdesivir), Yaponiyaning Favipiravir (Favipivavir) dori vositalari koronavirusni davolashda yuqori samara namoyish qilganini ta'kidlab o‘tgan. Shuningdek, mutaxassis Xitoy koronavirusdan vaksina ishlab chiqilishini tezlashtirish uchun turli texnologik yondashuvlar qo‘llayotgani, bir qator vaksinalar esa hayvonlarda sinalishi boshlanganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top