12:36 / 17.02.2020
0
11498

DBQ tomonidan bojxona qiymatidagi «o‘yinlar» fosh etilmoqda

Import qilingan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, hisoblanadigan bojxona to‘lovlari miqdori aynan ana shu qiymatga bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston Bojxona kodeksida tovarning bojxona qiymatini aniqlashning xalqaro umume'tirof etilgan usullarini qo‘llash tartiblari va shartlari belgilab qo‘yilgan.

Biroq, ayrim uddaburon shaxslar tomonidan belgilangan tartibni buzib, Davlat budjetiga bojxona to‘lovlarini kamroq to‘lash ilinjida tovarlarni bojxona qiymatini aniqlashda turli xil “o‘yinlarga” qo‘l urmoqdalar.

Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining qarori bilan tuzilgan bojxona mutaxassislaridan iborat tahlil guruhi tomonidan “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona qiymati past holda rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalari aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Gap shundaki, 2019 yil davomida Xitoy Xalq Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga “Oscar Konstation”, “Mono Tex Expo”, “Kontinent Optimal Trade”, “Astoria Expo Trade”, “Sunpremise”, “Vineta Luxse Trade”, “Alfameo Optimal Trade”, “Ros Standart Invest” va “Cosmos Industry” MChJlar nomiga olib kelingan hamda “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan printerlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda ataylab past narxlangan xulosalarga tayanib, qiymatlarni chegirib tashlash usulida bojxona to‘lovlari hisoblangan. Natijada jami 3,5 mlrd. so‘m qo‘shimcha undirilishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organlariga yuborildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top